Evra Fransiya termasini Benzema bilan bog'liq hodisa sababli tanqid qildi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2023, 21:50
Fransiya termasi sobiq futbolchisi Patris Evra Fransiya termasini Karim Benzema bilan bog'liq hodisa sababli tanqid qildi.

JCH-2022ga oz vaqt qolganida hujumchi jarohat orttirib oldi va shu sababli Fransiya termasin ixtiyorini tark etdi. Tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, Ugo Loris hamda Antuan Grizmann ushbu holatdan mamnun bo'lishgan.

"Odamiylik nuqtayi nazaridan kichkinagina muammo bor shekilli. Bundan juda xafa bo'ldim. Menimcha, Karim bir qancha insonlarga halaqit qilgan ko'rinadi. Uni hech kim qo'llab-quvvatlamadi. Aslida bunday futbolchi uchun urushga chiqish kerak.

Aslida barchasini bosh murabbiy hal qiladi, tanlov uning qo'lida. Men Desham doimo futbolchilaridan jamoani ustun qo'yadi deb hisoblardim. Fransiya termasi JCH-1998da chempion bo'lganlarniki deb hisoblashingiz noto'g'ri. 

Fransiya termasi hammaniki. Aslida kim termaga chaqiriladi, buni siz hal qilishingiz kerak. Chunki Siz xato qilmaysiz, buni istamaysiz. Jamoangizda "Oltin to'p" sohibi bor, yigitlar. Agarda termada o'ynayotgan bo'lganimda Karim kelmaguncha hech nimani boshlamasdim. Ammo termada uning uchun kurashadiganlarni ko'rmadim", - dedi Evra.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal