“Everton”ga Dembele kerak

8 okt 2019, 08:50
“Lion” hujumchisi APLga ko'chib o'tishi mumkin.

“Everton” klubi yanvardagi transferlar oynasi vaqtida “Lion” hujumchisi Mussa Dembele bo'yicha taklif yuboradi. Ingliz klubi skautlari Mussaning o'yinlarini stadiondan turib bevosita bir necha marta kuzatishga ulgurgan. Avvalroq “Manchester Yunayted”ning 23 yoshli hujumchi uchun 50 mln evro to'lashga tayyorligi haqida aytilgandi.

Dembele joriy mavsum “Lion” safida 8 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail