"Everton" va "Nyukasl" "Napoli" o'yinchisi uchun kurashmoqda

Alisher
23 may 2020, 11:33
Meksikalik Angliyaga yo'l oladimi?

"Napoli" yarim himoyachisi Irving Losano yozda klubini o'zgartirishi mumkin. Futbolchi uchun APLning ikki jamoasi raqobatlashmoqda.

"Everton" va "Nyukasl" meksikalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga tayyorlar. Transfermarkt o'yinchini 28 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Losano A Seriyaning eng omadsiz transferlari ramziy jamoasiga kiritilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it