"Everton" Koutinoga qiziqish bildirmoqda

Alisher
3 iyul 2021, 11:25
"Everton" "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning ehtimoliy transferini ko'rib chiqmoqda.

Angliya klubi keyinchalik xarid qilish huquqi bilan 29 yoshli braziliyalik futbolchini ijaraga olishga tayyor.

Koutino jarohati sabab 2020/21 yilgi mavsum "Barsa" libosida barcha musobaqalarda faqatgina 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

U klub tarixidagi eng qimmat transferlardan biri bo'lganiga qaramay, ispan grandiga o'tganidan so'ng 89tagina o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca