Eva Karneyro Mourinyo ommaviy uzr so'rashini istayapti

Aslanov Jasurbek
14 avg 2015, 10:45
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo tomonidan tanqid qilingan jamoa shifokori Eva Karneyro mutaxassisdan ommaviy uzr so'rashini talab qilmoqda, aks holda shifokor "Chelsi"ni sudga berishi mumkin.

"Suonsi"ga qarshi o'yinda (2:2) Tibo Kurtua chetlatilganidan so'ng "Chelsi" ikkinchi bo'limni bir kishi kam bo'lib o'tkazdi, bahsning oxirida Karneyro Eden Azarga yordam berish uchun maydonga tushadi va murabbiy tomonidan tanqid qilinadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu Mourinyo va Karneyro o'rtasidagi birinchi tortishuv emas. "Chelsi" prezidenti Roman Abramovich shifokorni tanqid qilgan Mourinyodan mamnun emas. Karneyro murabbiydan ommaviy uzr so'rashni talab qilmoqda. Agar shifokor ishdan olib tashlansa, u klubni sudga bermoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com