Bo'lajak futbolchilarning eng muhim sifatlari ularning yoshligidan shakllantirib boriladi. Aks holda, o'sish imkoniyatiga ega bo'lgan yosh o'yinchi zarur darajaga chiqa olmaydi. Bu yo'lda nimalarga e'tibor berish lozim? Bolalar futbolini kuzatib borish asnosida ularning bazilariga to'xtalib o'tishga qaror qildik.
Oxirgi yillarda bolalar futboliga berilayotgan e'tibor yurtimizda oshib bormoqda. Bu quruq gap emas. Ketma-ket hukumat tomonidan bu borada qaror va farmonlar chiqarilmoqda. Unda asosiy e'tibor aynan bolalar va yoshlar futboliga e'tiborni kuchaytirish, ularga qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan. Shuningdek, bundan 10-12 yil avval ota-onalar farzandlarining futbolchi bo'lish xohishiga qarshi chiqishlari oddiy hol edi. Hozirga kelib vaziyat ancha o'zgargan va o'g'lining mashg'ulotini ham qoldirmasdan kuzatadigan oilalar mavjud. Yani, farzandining futbolchi bo'lishiga qarshi chiqayotganlar soni kamaygan. Albatta, bunga ommaviylikning ortib borayotgani sabab bo'lyapti. Lekin muammolardan ham ko'z yumish noto'g'ri. Chunki o'zimizning muammoni har qancha yashirmaylik, baribir bir kun kelib u isitmasi bilan oshkor bo'lib qoladi.
Dastlabki muammo sifatida futbol maktablarida etarlicha sharoitlar yaratilmayotganini takidlash zarur. Viloyat va shaharlarda bittadan futbol maktablari klublar qaramog'iga o'tkazib berilgan. Biroq ularning ko'pida sifatli futbol maydonlari, yopiq zallar, inventarlar yetishmaydi. Har bir yosh toifasidagi bolalar o'zlariga mos libos, to'p, maydon va shu kabi narsalarga ega bo'lishlari shart. Axir, 100 yoki 110 metrlik maydonda to'qqiz yoki o'n yashar bolalarga futbol o'ynatib bo'lmaydi. Maydon sifati gapirish esa ular yetishmayotgan paytda ortiqchadek ham tuyuladi. Lekin yoshligida yaxshi maydonda shug'ullanmagan bola qanday qilib yuksak texnika va to'pni boshqarish qobiliyatiga ega bo'ladi? Shu sababli oxirgi yillarda raqibning ikki yoki uch futbolchisini aldab o'tadigan o'yinchilar deyarli yetishib chiqmayapti.
Shuningdek, uzoq masofadan aniq zarba beradigan (umuman zarba beradigan) futbolchilar soni ko'p emas. Balki, yoshligidan og'irroq to'plarda shug'ullangani tufayli o'yinchilar zarba berishga yuragi betlamay voyaga yetishayotgandir? Chunki yosh paytida zarbasi ko'ngildagidek chiqmasdan gap eshitavergan futbolchi katta bo'lgach, buni umuman bajarmay qo'yadi. Bir tarafdan bunga yuqori saviyali murabbiylarning yo'qligi ham sabab vazifasini o'taydi. Bazan unchalik qulay bo'lmagan sharoitlarda ishlayotgan murabbiylarning yaxshi saviyadagi o'yinchilarni yetishtirib berayotani haqida eshitamiz. Demak, bunday kamchiliklarni xohish va intilish evaziga engib o'tish mumkin. Agar barcha sharoitlar muhayyo qilingan taqdirda yaxshi futbolchilar tarbiyalay olmayotgan bo'lsa, bunday murabbiylarning bahridan o'tish kerak.
Ikkinchi muammo deb ommaviy musobaqalarning yo'qligini ko'rsatish mumkin. Bolalar futboli deganda faqatgina maxsus maktab yoki to'garaklarda mahoratini oshirishga intilayotgan yoshlarni nazarda tutmayapmiz, balki umumiy bolalar to'g'risida so'z yurityapmiz. Maktablar o'rtasida futbol musobaqalarini o'tkazishni yo'lga qo'yish, bundan tashqari, mamlakat miqyosidagi turnirlarni tashkil qilish faqat foydaga ishlaydi. Futbol maktablari va akademiyalari uchun ham mavsumiy tarzda davom etadigan musobaqalarni tashkil etish lozim. Aytaylik, Toshkent shahrida bolalar ligasini yaxshi saviyada o'tkazish anana tusini olgan. Mavsum davomida turli yosh toifasidagi jamoalar o'ttizdan ortiq uchrashuvlarda maydonga tushishadi va kerakli tajribani to'plab borishadi. Lekin barcha hududlarda ham bolalar ligasi bunday tarzda o'tkazilmaydi.
Respublika miqyosidagi turnirlarni esa davomiy tarzda tashkil etish to'g'risida o'ylab ko'rish kerak. Balki, hech bo'lmaganda ikki oyda bir marta bir hududda o'zaro uchrashuvlarni o'tkazish zarur. Shunda bolalar faqat o'z hududlari ichida o'ynayvermasdan boshqa jamoalar holati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Futbolimiz kelajagi turniri endi-endi o'tkazila boshlangan vaqtda unga qiziqish juda yuqori edi. O'shanda ko'plab mahallarda bolalar jamoalar tuzib, musobaqada ishtirok etishgandi. Qaysidir manoda bu turnir ommaviylikning ortishiga sabab bo'ldi, biroq yillar o'tishi bilan oldingidek mavqeini saqlab qola olmadi. Avvallari Yoshlik Kubogi barchaning e'tiborini tortardi. Agar shunday musobaqalar yil davomida 4-5tasi tashkil qilinsa, barcha bolalar doimiy ravishda millionlar o'yini bilan shug'ullanib borishardi.
Hozir futbol maktabi yoki to'garagiga qatnamaydigan bolalar futboldan chetda qolib ketishmoqda. Aynan shu holatga qarshi kerakli choralarni qo'llash shart. Ko'cha futboli o'rtasida mamlakat birinchiligini tashkil qilish foydadan xoli bo'lmasdi. Chunki Yevropada ko'cha futbolidan katta futbolga kirib kelgan yuksak mahoratli futbolchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Qumli, tabiiy chimli maydonlarni ko'paytirish lozim. Arab davlatlarida ko'chalarda tekinga futbol o'ynash mumkin bo'lgan shunday maydonlar talaygina topiladi. Lekin ularda o'ynashni istaydiganlar kam. Bizda esa bolalarning o'zi shunday maydonlarni to'ldirib tashlashini taxmin qilish qiyin emas. Hozir esa barcha xohlovchilarning ham sun'iy qoplamali maydonda o'ynashga pul to'lashga imkoniyati yo'q. Ayniqsa, qishloq joylarda maydonlarga talab katta. Minglab iqtidorli bolalarni aynan stadionlar yetishmasligi va turnirlar yo'qligi oqibatida boy beryapmiz. Bu esa katta yo'qotish hisoblanadi.
Uchinchi asosiy muammo bolalarni saralab olishda tanish-bilishchilikka yo'l qo'yilib, ularning yoshi kichraytirilayotganida. Aslida eng muhim muammo sifatida shuni qayd etib o'tsak ham bo'ladi. Bazan mahorati baland va haqiqiy istedod egalari chetda qolib kyetib, murabbiylar o'zlariga tanish bolalarni guruhlariga qo'shib olishmoqda. Oqibatda o'zbek futboli ko'p istedodlardan judo bo'lmoqda. Haqiqiy istedodning futboldan ko'ngli soviyotgan bo'lsa, tanishi orqali maktabga qabul qilingan bola keyingi faoliyatini ham shu asosda davom ettiradi. Yani, qaysidir klubning safidan ham shu tariqa o'rin oladi. Bunday holatlar hech kimga foyda keltirmaydi. Shuningdek, bolalarning yoshi kichraytirilayotgani eng yomon illatlardan biridir. Mantiqan qaralganda, buning ham foydasi yo'q. Yoshi kichraygani bilan o'sha o'yinchi yosharib qolmaydi. Afsuski, shunday vaziyatlar haligacha davom etyapti. Bolalar jamoasi bilan natijaga erishishni istagan murabbiylar shu tarzda yo'l tutishmoqda. Aslida ular natijaga qing'ir yo'l bilan erishgandan ko'ra yosh shogirdlariga chiroyli futbol o'ynashni o'rgatsalar, futbolimiz rivojiga ko'proq hissa qo'shgan bo'lishardi.
Behzod NAZAROV.