Estevao "Chelsi"ni tark etdi

Alisher Ostonov
31 yanv 2026, 23:30
"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosener hujumchi Estevaoning klub qarorgohini tark etganini ma'lum qildi.

Bu shaxsiy sabablar bilan bog'liq.

"Afsuski, shaxsiy sabablarga ko'ra Estevaoning Braziliyaga qaytishiga to'g'ri keldi. Ayni damda mening muhabbatim va fikrlarim u va uning oilasi bilan va umid qilamanki, u bilan hammasi joyida”, - dedi Rocenor "Chelsi" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Estevao "Chelsi"ga 2025 yilda "Palmeyras"dan 45 mln evro evaziga o'tgan. Hujumchi joriy mavsum 29 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: chelseafc.com