Essen "Chelsi"dan ketishi sababini aytdi

Mirjalol Normatov
18 may 2020, 21:55
"Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi Maykl Essen 2012 yili "Real"ga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.

"YCHLda dastlabki o'yinda 1:3 hisobida yutqazganimizdan keyin "Napoli"ni o'z maydonimizda 4:1 hisobida yutdik va keyingi bosqichga chiqdik. Oradan bir kun o'tib, Roberto Di Matteo menga yomon holatda ekanligimni aytdi. Bu gap menga yoqmadi. Shunday bo'lsa men nima uchun "Napoli"ga qarshi o'yinda 120 daqiqa o'ynadim?

Har kim o'zicha ko'radi, shu boisdan u bilan bahslashmadim va jamoa bilan ishlashda davom etdim. Aynan shundan boshlab holat yomonlasha boshladi. Shundan keyin "Real"ga o'tish imkoniyati paydo bo'ldi va u yerda men yaxshi holatda ekanligimni barchaga isbotlay oldim", - dedi Essen.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal