Eshli Koul Lempardga maslahat berdi

Mirjalol Normatov
14 dek 2019, 20:29
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Eshli Koul "aristokratlar" bosh murabbiyi Frenk Lempardga maslahat berdi.

"Lempard "Lester" himoyachisi Chiluellga e'tibor qaratishi kerak. Uni "Chelsi"da ko'rishni juda ham istayapman. U juda ham sifatli futbolchi, eshitishimga qaraganda u "Chelsi"ga muxlislik qilar ekan. Biroq, uning o'zi "Lester"dan ketishni istarmikin? Klub uni sotishga tayyormi? "Chelsi" va "Lester" bu borada muzokara o'tkazsa, yomon bo'lmasdi", - dedi Koul.

22 yoshli Chiluell ushbu mavsumda "Lester" tarkibida 13 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi. Uning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express