Eshitdik-da! Xurshid G'iyosov O'zbekiston chempionatiga qaytmoqda

Narzulla Saydullayev
6 avg 2020
10 iyul kuni o'zbekistonlik yarim himoyachi Xurshid G'iyosov va Janubiy Koreyaning "Anyang" klubi o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishgandi.

Eshitishimizga qaraganda, G'iyosov faoliyatini sobiq klubi "Bunyodkor"da davom ettiradi. Bir necha kun oldin futbolchi O'zbekistonga qaytib keldi.

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz joriy mavsum "Anyang" tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia