Eshitdik-da! Superliga qachon qaytishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
28 apr 2020
2020 yilgi O'zbekiston Superligasi bahslari koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgan edi.

Eshitishimizga qaraganda, agar O'zbekistonda karantin chora-tadbirlari 10 may kuni yakuniga etsa, Superliga klublari aynan shu kundan mashg'ulotlarga qaytishadi. Jamoalarga ikki hafta mashg'ulot o'tkazish uchun vaqt beriladi hamda katta ehtimol bilan bahorning so'nggi kunlarida Superliganing 4-tur o'yinlari bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, chempionatning 3-turidan keyin klublar majburiy tanaffusga chiqib kyetishgan edi. 16 martdan jamoalar mashg'ulotni to'xtatgan va deyarli 2 oydan buyon futbolchilar uyda yakka tartibda shug'ullanib kelishmoqda.


4-tur juftliklari: 
Bunyodkor – Qo'qon-1912
Qizilqum – AGMK
So'g'diyona – Paxtakor
Nasaf – Navbahor
Buxoro – Andijon
Surxon – Mashal
Metallurg – Lokomotiv


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia