Eshitdik-da! Sanjar Quvvatov "Neftchi"ni tark etdi, u Superliganing boshqa bir grandiga o'tadi

Tolibjon Qosimov
20 iyul 2024, 17:21
Superliga klublari tarkibni shakllantirish jarayonini davom ettirishmoqda.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Farg'onaning "Neftchi" klubini biroz avval darvozabon Sanjar Quvvatov tark etdi. U jamoadagilar bilan xayrlashib ketgan. Bizdagi ma'lumotga Sanjar Quvvatov "Navbahor"da faoliyatini davom ettiradi. Quvvatov bugun-erta namanganliklar bilan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, kecha "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov faoliyatini Eronda davom ettirishga yaqin ekanligi haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! "Navbahor"ning asosiy futbolchisi legionerga aylanishi mumkin


Ma'lumot uchun, Sanjar Quvvatov joriy mavsum Superliga va O'zbpekiston kubogida jami 9ta o'yinda maydonga tushgan va 8ta gol o'tkazib yuborib, 2ta o'yinga nolga turgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia