

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Farg'onaning "Neftchi" klubini biroz avval darvozabon Sanjar Quvvatov tark etdi. U jamoadagilar bilan xayrlashib ketgan. Bizdagi ma'lumotga Sanjar Quvvatov "Navbahor"da faoliyatini davom ettiradi. Quvvatov bugun-erta namanganliklar bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, kecha "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov faoliyatini Eronda davom ettirishga yaqin ekanligi haqida xabar bergan edik.
Eshitdik-da! "Navbahor"ning asosiy futbolchisi legionerga aylanishi mumkin

Ma'lumot uchun, Sanjar Quvvatov joriy mavsum Superliga va O'zbpekiston kubogida jami 9ta o'yinda maydonga tushgan va 8ta gol o'tkazib yuborib, 2ta o'yinga nolga turgan.



