Eshitdik-da! Ro'ziqul Berdiev Toshkentda ishlashi mumkin!

29 may 2018, 00:38
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev mavsumni ikkinchi qismida boshqa jamoani boshqarish ehtimoli yo'q emas.

Eshitishimizga qaraganda, "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdievga Toshkent viloyatining AGMK jamoasi qiziqmoqda. AGMKning joriy mavsumda Superligadagi natijalari keskin pasayib ketgani va jamoa turnir jadvalida quyi o'rinlarda borayotgani klub rahbariyatini qoniqtirmayapti. Shu boisdan ham Viktor Kumikovga yaqin orada chiqish eshiklari ko'rsatilishi mumkin. Kumikovni o'rniga esa birinchi nomzod sifatida "Nasaf"da ishlayotgan tajribali mutaxassis Ro'ziqul Berdiev qaralmoqda.

Ayni paytda "Nasaf"dagi moliyaviy holat yomonlashgani jamoadagi ko'plab yetakchi futbolchilarni ketishga undamoqda. Hozircha jamoani rasman hech kim tark etmagan bo'lsada, transfer oynasi ochilishi bilanoq ko'plab futbolchilar boshqa jamoalarga kyetib qolish ehtimoli yuqori. Buni Ro'ziqul Berdiev ham bir necha marotaba matbuot anjumanlarida ta'kidlab o'tgan. Va Berdiev, agarda jamoani yetakchilar tark etadigan bo'lsa, bunga murabbiy sifatida tayyor emasligini bildirgandi.

Agarda vaziyat shu ro'sinda davom etadigan bo'lsa, unda Berdiev ham "Nasaf"ni tark etish ehtimoli yo'q emas. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, AGMK Kumikovning o'rniga Ro'ziqul Berdiev variantini ko'rib chiqayotgani aytilmoqda.

Ro'ziqul Berdiev o'z vaqtida "Nasaf"da Viktor Kumikovga yordamchi sifatida ishlab murabbiylik sohasiga ilk qadamlarini tashlagan

Eslatib o'tamiz, 30 may kuni AGMK - "Nasaf" jamoalari Olmaliqda O'zbekiston kubogi nimchorak final doirasida to'qnash kelishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia