Eshitdik-da! O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga Rossiya fuqarosi bosh murabbiy bo'lishi mumkin
Narzulla Saydullayev
1 mar 2014, 17:28
1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev o'z arizasiga ko'ra ishdan bo'shagandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, bu yoshdagi terma jamoaga Rossiya fuqarosi hisoblangan Sergey Lushan bosh murabbiy bo'lishi kutilmoqda. Unga 1993 yilda tug'ilgan futbolchilarning tarbiya topishida ancha mehnat qilgan Dmitriy Kim yordam berishi mumkin.