Eshitdik-da! O'zbek futbolida yana bir tarixiy voqelik bo'lishi kutilmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
22 avg 2024, 18:40
Ushbu voqelik yana "Lokomotiv" bilan bog'liq bo'ladi.

Yodingizda bo'lsa, yoshlar chempionati doirasidagi "Lokomotiv" - "Surxon" bahsi avvaliga 11:00da TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida boshlanib, 37-daqiqada to'xtab qolgandi. Uchrashuvning qolgan qismi soat 17:00dan TTYMI stadionida davom ettirildi.

Bu voqelik ham tarixiy bo'lishi mumkin: Superliga doirasidagi "Lokomotiv" - "Qizilqum" bahsi birinchi taqvimda 23 avgust kuni bo'lishi aytilgandi. Keyinchalik bu 24 avgustga ko'chdi. Bizga ma'lum bo'lishicha, bu bahs 25 avgustga ko'chdi.

Xo'sh, buni nimasi tarixiy bo'lishi mumkin deyishingiz tabiiy. Gap shundaki, ushbu jamoalar o'rtasidagi U-21 chempionati bahsi ham o'sha kuni o'tkaziladi. Asosiy jamoalarning o'yini "Do'stlik" stadionida, yoshlar jamoalariniki esa "Lokomotiv" stadionida bo'ladi.

Asosiy va yoshlar jamoalarining o'yinlari bir kunda. Bunday noyob xodisalar Superliga tarixida avval bo'lmagan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia