

Kecha "Olimpik" yarim himoyachisi Ibrohim Ibragimov "Paxtakor" bilan kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik.
"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Olimpik"ning yana bir o'yinchisi Otabek Jo'raqo'ziev ham "sherlar" bilan o'zaro kelishuvga erishdi. Yaqin kunlarda tomonlar shartnoma imzolashadi.
22 yoshli forvard joriy mavsum Superligada 11ta o'yinda 2ta gol urib, 1ta assist bergan.




