Eshitdik-da! Norxonovga vodiydan qiziqish bor

22 noya 2022, 22:14
Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar bermoqda.

"Jizzaxlik muxlislar uchun yanada yomonroq xabar bor. "So'g'diyona" to'purari Shohruz Norxonovga vodiydan jiddiy qiziqish bo'lyapti. "Neftchi" va "Navbahor" allaqachon futbolchiga taklif bilan chiqqan. Uning oldida xorijga chiqish tanlovi ham bo'lib, hujumchi variantlar haqida hali o'ylab ko'rgani yo'q", - deyiladi "futbol ANALIZI" kanalida.

 

Ma'lumot uchun, Norxonov noyabr oyi oxirida erkin agentga aylanadi. U ortda qolgan mavsumda "bo'rilar" uchun 15ta gol urdi va 4 bor jamoadoshlarining gollariga assistentlik qildi.

Jo'rabekov "So'g'diyona"dan ketdi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia