Eshitdik-da! "Neftchi"ga sloveniyalik qanot hujumchisi kelyapti

Оқил Абдубарноев
21 iyul 2022, 17:03
Farg'onaning "Neftchi" klubi yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirmoqchi.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, vodiyliklar ikkinchi davra oldidan tarkibiga sloveniyalik qanot hujumchisi Ziga Skoflekni qo'shib olmoqchi.

27 yoshli futbolchi faoliyati davomida Rossiyaning "Shampion", "Alyuminiy", "Orenburg", "Torpedo", "Mura" va Polshaning "Stal" klublarida to'p tepgan. Ayni damda u erkin agent sanaladi.

Transfermarkt portali Skoflekni 100 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia