Eshitdik-da! "Navbahor" bilan o'yin Yorqin Nazarov uchun "So'g'diyona"dagi so'nggisi bo'lishi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
23 mar 2023, 15:27
Mavsumni omadsiz boshlagan "So'g'diyona" jamoasida o'zgarishlar ro'y berishi ehtimoli mavjud.

Bizga yetib kelgan xabarlarga ko'ra, Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Navbahor"ga qarshi uchrashuv jizzaxliklar ustozi Yorqin Nazarov uchun so'nggisi bo'lishi mumkin. Aynan shu o'yindagi natija murabbiylar shtabining jamoadagi faoliyatiga jiddiy ta’sir qiladi. Namangandagi o'yin natijasiga qarab, "So'g'diyona" boshqaruviga Ulug'bek Bakaev qaytishi haqida  ma'lumotlar ham yo'q emas. 

Jamoa bu mavsum chempionat doirasida ortda qolgan uchta turda bir ochko ishladi xolos. E'tiborli tomoni, barcha uchta bahsda ham raqiblarni o'z maydonida qabul qildi. 

"So'g'diyona" - "Bunyodkor" 0:1

"So'g'diyona" - "Olimpik" 2:2

"So'g'diyona" - "Neftchi" 0:2

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia