Eshitdik-da! "Navbahor" 4 nafar futbolchi bilan xayrlashdi-mi?

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2017, 12:13
Namanganning "Navbahor" klubi to'rt futbolchi bilan xayrlashdi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra Akmal Ortiqov, Tohir Shamsitdinov, Abbos Otaxonov va Mansur Saidov jamoani tark etishgan.

Kecha "Navbahor" o'z uyida "Olmaliq" bilan o'ynadi. Ushbu bahsda yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilar xatto qaydnomadan ham o'rin olishmadi.

Ilhom Mo'minjonov ikkinchi davrada jamoaga bir qator yangi futbolchilarni olib kelish niyatida ekanligini kechagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia