Eshitdik-da! "Nasaf" logotipi o'zgaradi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2020, 20:48
Qarshining "Nasaf" klubi yangi mavsumni yangi logotip bilan boshlashga yaqin turibdi.

Xabaringiz bor, "Nasaf"ning ayni paytdagi logotipida Humo qushi aks etgan. Ma'lum bo'lishicha qarshiliklar endilikda qizil ajdar surati aks etgan logotipga qaytishadi. Logotipni yangilash taklifi fan-klub a'zolariga tegishli. "Nasaf" rahbariyatiga esa ushbu taklif maqul bo'lgan va ayni paytda logotipni bir nechta ko'rinishdagi varianti rahbarlarga tasdiqlash uchun taqdim etilgan.


Nomoz Choriev



"Nasaf"ning oldingi va hozirgi logotiplari

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia