Eshitdik-da! "Lokomotiv" sobiq bosh murabbiyi "Paxtakor"da ish boshlaydi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2021, 17:21
"Paxtakor" jamoasi nihoyat bosh murabbiy masalasini hal qilgan ko'rinadi.

Eshitishimizga qaraganda jamoa bosh murabbiyligiga kutilganidek Piter Xyuistra emas, avvalgi yillarda Shota Arveladzega yaqindan ko'maklashgan o'zbekistonlik Jasur Abduraimov tayinlanishi ehtimoli katta. 2017 yil ma'lum muddat jamoaga boshchilik qilgan mutaxassis keyinchalik ham gruziyalik murabbiyning shtabida faoliyatini davom ettirgandi. Abduraimovga muxlislarga "Lokomotiv"dagi faoliyati bilan yaxshi tanilgan Mirko Yyelichich yordamlashadi. Avstraliyalik murabbiy uchun "Paxtakor" begona jamoa hisoblanmaydi, u 2005-2006, 2007, 2013 yillarda shu klubda mehnat qilgan.

Futbolchilar bugun tibbiy ko'rikdan o'tishdi, ertadan esa qishki o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishiladi. 21 yanvar sanasidan e'tiboran yig'in Dubayga ko'chiriladi va 5 fevralga qadar davom ettiriladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia