Eshitdik-da! Jiyanov Rossiyaga ko'chib o'tdi

23 yanv 2023, 21:10
Bu haqda Championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar bermoqda.

"Ruslanbek Jiyanov faoliyatini Rossiyada davom ettiradi. Uning yangi klubi Ibrohimhalil Yo'ldoshev o'ynaydigan "Nijniy Novgorod" (Pari NN)  bo'lyapti. Tomonlar kelishuvga erishishgan", - deyiladi "FR| futbol ANALIZI" kanalida.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilni "Olimpik" tarkibida o'tkazgan 21 yoshli hujumchi 28 uchrashuvda 6 gol, 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia