Eshitdik-da! Ivan Solovyov Toshkent klubiga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
8 dek 2022, 16:41
Keyingi mavsum Pro ligada ishtirok etadigan "Lokomotiv" o'z safini legioner bilan to'ldirish arafasida turibdi.

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov tez orada "temiryo'lchilar" a'zosiga aylanadi. Futbolchi o'tgan mavsum "Nasaf"da to'p tepdi.

Ma'lumot uchun, Ivan Solovyov Superligada 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 3 bor aniq nishonga oldi. OCHLda 6 ta o'yinda ishtirok etdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia