Eshitdik-da! Igor Shkvirin "Turon" bosh murabbiyligidan ketdi

Tolibjon Qosimov
23 okt 2021, 13:43
Kecha Coca Cola Supyerliga 23-turi doirasida "Bunyodkor" jamoasi o'z maydonida "Turon"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Kechagi mag'lubiyatdan so'ng yaypanliklarning Supyerligada jon saqlab qolish imkoniyatlari keskin pasayib ketdi. "Championat.asia" sayti manbalarining ma'lum qilishicha, "Turon"ni boshqarib kelayotgan Igor Shkvirin bosh murabbiylikdan ketdi. Mavsumning qolgan 3 o'yinida jamoani boshqa mutaxassis boshqaradi.

Igor Anatolevich shu yilning 23 iyun sanasida "Turon" bosh murabbiyiga aylangandi. Shundan so'ng jamoa ketma-ket 5 tur mag'lubiyat nimaligini bilmadi (2 g'alaba va 3 durang), ammo keyingi 8 turning ettitasida futbolchilar maydonni boshlari egik holda tark etishdi. Supyerligada yaypanliklar bosh murabbiyligidagi 13 turda Shkvirin 2 g'alaba, 4 durang va 7ta mag'lubiyat qayd etdi. To'plar nisbati - 11:20.

Kulayotgan Shkvirin


Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Turon" Supyerliga turnir jadvalida 23 o'yindan keyin 13 ochko to'plagan holda so'nggi pog'onada bormoqda. Undan yuqoridagi "Mashal" va "Andijon"da 18tadan ochko va zaxirada bittadan o'yin bor.


Coca Cola Supyerligasi turnir jadvali >>>>> SUPYERLIGA

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia