Eshitdik-da: Hamidjon Aktamov boshchiligidagi murabbiylar shtabi kelasi mavsum "Dinamo"ni boshqaradi

Xayrulla Xoliqov
29 okt 2021, 14:13
Samarqandning "Dinamo" klubi Proligani ko'tarinki kayfiyatda o'tkazib, Superliga yo'llanmasiga ega chiqdi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, "Dinamo" kelasi mavsumni Hamidjon Aktamov qo'l ostida boshlaydi. 

Ayni paytda "Qizilqum"ni boshqarayotgan Aktamovga Samarqand jamoasidan juda qiziqarli taklif tushgan, shu bois ushbu mutaxassis "Qizilqum"dagi murabbiylar shtabi bilan birgalikda yangi klubga yo'l olishi mumkin. Yana bir tasdiqlanmagan yangilik shuki, Superligaga qaytgan "Dinamo" keyingi yil juda katta byudjetga ega bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia