Eshitdik-da! Gruziya chempionati to'purarlaridan biri AGMKga kelmoqda

Narzulla Saydullayev
3 fev 2023
AGMK klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Olmaliq klubi gruziyalik Irakli Ruxadzeni o'z safiga qo'shib oladi. Qanot vingeri hisoblangan Ruxadze 1996 yilda tug'ilgan va 2022 yil "Samgurali" klubida faoliyat olib borgan.

Irakli o'tgan mavsum Gruziya chempionatida 30ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi hamda sheriklariga 2ta golli pas berdi.

Butun faoliyati davomida futbolchi 138ta uchrashuvda 38ta gol urdi va 12ta golli uzatma bergan. Transfermarkt portali Irakli Ruxadzeni 350 ming evroga baholagan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia