

Sardor Eminov ortda qolgan 8ta tur davomida "Neftchi" safida 5ta o'yinda maydonga tushdi. Shularning faqat ikkitasida asosiy tarkibda o'ynadi. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi allaqachon Farg'ona klubini tark etib bo'lgan. 7-turda "Sho'rtan" bilan o'yinda zaxirada qoldirilgan Eminov 8-turdagi "Olmaliq"qa qarshi bahsda xatto qaydnomaga ham kiritilmagan.
Katta ehtimol bilan yarim himoyachi ikkinchi davradan yana "Qo'qon-1912" safida o'ynaydi.



