Eshitdik-da! "Bunyodkor" xorvatiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2024, 21:30
Avvalroq "qaldirg'ochlar" tarkibiga albaniyalik hujumchi kelib qo'shilgani haqida xabar berilgandi.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, Toshkentning "Bunyodkor" klubiga xorvatiyalik hujumchi Andriya Filipovich kelib qo'shiladi. 27 yoshli futbolchi bugun Toshkentga uchib keladi.

Filipovich faoliyati davomida "Siena", "Gorica", "Atirau", "Aktobe" va boshqa klublarda o'ynagan. Shuningdek, u yoshlar terma jamoasida 3 ta o'yin o'tkazgan.

Avvalroq poytaxtliklar safiga albaniyalik o'yinchi kelib qo'shilgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia