

Kuni kecha "qaldirg'ochlar" safiga albaniyalik 26 yoshli hujumchi Luis Kachorri kelib qo'shildi. Bu haqda saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun, Italiyada tug'ilgan futbolchi o'tgan mavsumni Albaniya chempionati vakili "Dinamo Tirana" klubida o'tkazgan. 33 ta o'yinda maydonga tushgan Luis Kachorri raqiblar darvozasiga 9 bor yo'l topgan.
Transfermarkt portali uning narxini 275 ming evroga baholagan.




