Eshitdik-da! "Bunyodkor" tarkibiga albaniyalik hujumchi kelib qo'shildi

Iskandarov Abdulaziz
12 iyul 2024, 11:18
Superligada so'nggi o'rinlarda borayotgan va jon saqlash uchun kurashayotgan "Bunyodkor" tarkibida o'zgarishlar davom etmoqda.

Kuni kecha "qaldirg'ochlar" safiga albaniyalik 26 yoshli hujumchi Luis Kachorri kelib qo'shildi. Bu haqda saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, Italiyada tug'ilgan futbolchi o'tgan mavsumni Albaniya chempionati vakili "Dinamo Tirana" klubida o'tkazgan. 33 ta o'yinda maydonga tushgan Luis Kachorri raqiblar darvozasiga 9 bor yo'l topgan. 

Transfermarkt portali uning narxini 275 ming evroga baholagan. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia