Eshitdik-da! Azizbek Amonov Eron klubiga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
3 fev 2022
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi faoliyatini Eronda davom ettirishga yaqin.

"Lokomotiv" klubi futbolchisi Azizbek Amonov tez orada Eronning "Istiqlol" klubi a'zosiga aylanishi kutilmoqda. 

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, klub va futbolchi kelishuvga erishishgan. Tez orada bu haqida rasman xabar berilishi kutilmoqda. "Istiqlol" Azizbek Amonov bilan anchadan beri muzokara olib borayotgan edi.

Agar Eronning "Istiqlol"i Amonov transferini ijobiy hal qilsa, jamoa ustozi Farhod Majidi Artur Yamga va Ryudi Jesteddan keyin o'zining uchinchi legioneriga ega bo'ladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia