Eshitdik-da. Azamat Abduraimov Andijondan kyetibdi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2014
Andijon klubi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov klubdan ketgani haqida eshittik.
Ma'lumotlarga ko'ra, murabbiy Bunyodkorga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng ishdan ketgan. Azamat Birodarovich bu haqda jamoa futbolchilariga ma'lum qilgan. Ertaga rasman bu haqda xabar berilishi kutilmoqda. Murabbiy Bunyodkor bilan bahsdan so'ng klub bilan Andijonga qaytmay Toshkentda qolgani aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Azamat Abduraimov matbuot anjumanida ishdan bo'shash haqida ariza yozganini, lekin hali rahbariyat yakuniy qarorni qabul qilmaganini ma'lum qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia