Eshitdik-da! "Aral"ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Lokomotiv" murabbiylar shtabi jamoani tark etdi

Administrator
24 iyun 2025, 20:39
Pro ligadagi navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng toshkentliklarda iste'fo.

Bugun Pro liga 10-turida "Lokomotiv" jamoasi safarda "Aral"ga mag'lub bo'ldi. Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, ushbu omadsiz uchrashuvdan so'ng "Lokomotiv" klubi murabbiylar shtabi iste'foga chiqarilgan. Grigoriy Kolosovskiy boshchiligidagi shtab uchun "Aral"ga qarshi o'yin oxirgisi bo'ldi.

Ma'lumot uchun, "Lokomotiv" jamoasi Pro liga 10-turidan so'ng 20 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rindagi "Aral" jamoasida 19 ochko mavjud.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia