Eshitdik-da! Abduqodir Xusanov milliy terma yig'iniga chaqirildi, u CAFA musobaqasida ishtirok etadi

Mirjalol Normatov
2 iyun 2023, 22:27
O'zbekiston U-20 termasi jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

Ertaga Ravshan Haydarov termasi O'zbekistonga qaytib keladi. Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda, ushbu terma bilan Argentinadagi jahon chempionatida ishtirok etgan himoyachi Abduqodir Xusanov milliy jamoa yig'inlariga borib qo'shiladi.

Futbolchi termadan chaqiruv olgan va u 10-20 iyun kunlari bo'lib o'tadigan CAFA musobaqasida ishtirok etishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia