Ertaga Toshkentda qanday ob-havo kuzatiladi?

Aslanov Jasurbek
4 sen 2017, 17:12
Ertaga, 5 sentyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasida JCH-2018 uchinchi saralash bosqichining so'nggi bahsi bo'lib o'tadi.

Shu munosabat bilan seshanba kuni poytaxtimizda qanday ob-havo hukm surishi borasida qiziqdik.

Weather.com saytining bergan ma'lumotlariga ko'ra, ertaga kunduzi havo 34+ daraja issiq, kechasi esa 20 daraja iliq bo'ladi. Yomg'ir xavfi yo'q. Uchrashuv boshlanishida havo harorati 29+ daraja iliq bo'lishi kutilmoqda.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia