Eron - Xitoy. Marchello Lippi va Karlush Keyrush ishtirokidagi matbuot-anjumani

Aslanov Jasurbek
28 mar 2017, 11:07
Kecha Eron - Xitoy uchrashuvidan oldin xitoyliklar ustozi Marchello Lippi ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.


Marchello Lippi: "Jamoam Janubiy Koreyani mag'lubi etganidan (1:0) juda xursand emas deb o'ylayman. Futbolchilar bundanda kattaroq muvaffaqiyatlarga erishishiga umid bildiraman. Eronga qarshi o'yin juda og'ir bo'lishini bilamiz va bizda tayyorgarlik uchun vaqt kam, ammo doimgidek harakat qilamiz".


Karlush Keyrush: Guruhda yetakchi ekanimizdan xursandman, ammo hali ko'p mehnat qilishimiz kerak. Lippi yaxshi murabbiy va Xitoy terma jamoasi yaxshiroq o'ynayotganini ko'rib turibmiz. Bu biz uchun qiyin bahs bo'ladi, lekin yana bir bor jahon chempionati ishtirokchisi bo'lishga harakat qilamiz.


JCH-2018 "A" guruhi turnir jadvali bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: SCMP