Eron termasi futbolchisidan doping topildi

Mirjalol Normatov
6 iyul 2018
Eron termasi va "Rostov" klubi yarim himoyachisi Said Izzatullohiy doping testlaridan o'ta olmadi.

Ma'lum qilinishicha, eronlik futbolchining qoni tekshiruvlari atipik natijalarni bergan. Unga ko'ra, uning qonidan luteinlashgan gormonlar topilgan. Bu esa testoteron ishlab chiqarishga yordam beradi.

Ayni damda antidoping qo'mitasidagilar buning sababini o'rganishmoqda. Bu dori uning kasalligiga qarshi ishlatilgan bo'lishi ham mumkin. Hozircha FIFA buni muhokama qilishni istamayapti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: footballhd.ru