Eron terma jamoasi bosh murabbiyi: "Barselona"ning bugungi tarkibini mening "Real"im bilan solishtirish mumkin emas"

Aslanov Jasurbek
20 apr 2016, 11:58
"Real" sobiq ustozi, hozirda Eron terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritayotgan Karlush Keyrushning so'zlariga ko'ra, uning o'sha paytdagi jamoasini hozirgi "Barselona" bilan solishtirish noto'g'ri.

"Barselona"ning bugungi tarkibini mening "Real" bilan solishtirish mumkin emas. Janubiy amerikaliklar JCH-2018 saralash uchrashuvlarida "Barsa" futbolchilarida charchoq paydo bo'lgan. Ammo jamoaning bunday o'yini bilan doimo g'alaba uchun imkoniyat bor" - deydi Keyrush.

Keyrush 2003-04 mavsumda "Real"ni boshqargan va 2004 yilning mayida salbiy natijalar tufayli iste'foga chiqarilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Cope