Eron terma jamoasi asosiy darvozaboni Rossiyaga yo'l olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
11 iyun 2024, 23:26
Eron terma jamoasi va "Persepolis" klubi darvozaboni Alirizo Beyranvand faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

Eron va rus nashrlarining xabar berishicha, Moskvaning "Spartak" klubi "Persepolis" darvozaboni Alirizo Beyranvandni tarkibga qo'shib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Eronlik posbon ham Rossiyaga yo'l olishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o'tamiz, Beyranvand yakunlangan mavsum o'zbekistonlik futbolchi Oston O'runov bilan bir jamoada Eron chempionligini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Metarating