Eron chempionatida VAR yo'lga qo'yiladi

Xayrulla Xoliqov
24 dek 2018, 10:27
VAR (Video Assistant Referee) hozirgi kunda tobora ommalashib bormoqda.

Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Taj OAV vakillari bilan suhbatda ichki chempionat o'yinlarida VAR yo'lga qo'yilishi haqida aytib o'tdi. 

Bunga "Persepolis" ishtirokidagi oxirgi o'yinlarda hakamlar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar sabab bo'lgan ekan. Federatsiya rahbari bu borada shunday dedi: "Hozircha biz VARni to'rtta stadionda sinab ko'ramiz: Tehrondagi "Ozodi", Isfahondagi "Naqshe jahan", Ahvazdagi "Fulad Arena" hamda Mashhaddagi "Imom Reza". O'ylaymanki, shundan keyin hakamlarning xatosi kamayadi".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com