Eron Boliviya bilan o'ynaydi

Xayrulla Xoliqov
19 sen 2018, 17:17
Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida Eron terma jamoasi Boliviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Mazkur bahs 16 oktyabr kuni Tehrondagi "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi. Mahalliy OAVning xabar berishicha, jahon chempionatidan keyin terma jamoada ko'rinish bermagan Sardor Azmun mana shu o'yinga chaqiriladi. Ma'lumki, Azmun muxlislarni deb terma jamoadan ketgandi.

Eron Osiyo Kubogida "D" guruhida Iroq, Vetnam va Yamanga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com