Ernan Krespo: "Italiya klubi Yevropa ligasida g'olib bo'la oladi"

Aslanov Jasurbek
19 fev 2015
"Inter" sobiq hujumchisi Ernan Kresponing fikricha, Italiya klublari Yevropa ligasida g'olib bo'la oladi.

Eslatib o'tamiz, bu turnirda Italiyadan "Inter", "Napoli", "Roma", "Torino", "Fiorentina" klublari qatnashyapti.

"Bu juda ajoyib turnir, ammo jamoalarimiz o'zlarining to'liq kuchini ko'rsatishmayapti. Italiya klublari hozirda "Real", "Bavariya" yoki "Barselona" kabi jamoalar bilan raqobat qila olmaydi, ammo ular Yevropa ligasida o'z so'zini aytishi mumkin" - deydi Krespo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru