Ermatov 4-turda ishladi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2014, 16:53
Kecha Osiyo chempionlar ligasining 4-turidan o'rin olgan birinchi kungi o'yinlar bo'lib o'tdi. BAAda o'tkazilgan “Al Ahli” – “Sepaxon” bahsini hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib bordi.
Unga qanotlarda Mamur Saidqosimov bilan Jahongir Saidov yordam berishdi. Yana bir FIFA referisi Vladislav Seytlin to'rtinchi hakam vazifasini bajardi.

Uchrashuvda hisob ochilmadi. O'yin davomida Ravshan Ermatov jami 7ta sariq kartochka ko'rsatdi, ikkitasi maydon egalariga, beshtasi mehmonlarga. Xususan Ermatov o'yinning 12-daqiqasida portugaliyalik futbolchi Ugo Vianani ogohlantirdi. Eslatib o'tamiz, ushbu yarim himoyachi ayni paytda “Al Ahli” safida to'p suryapti. Xabaringiz bor, Ravshan Ermatov shu yilning yozida Braziliyadagi jahon chempionati o'yinlarini boshqaradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia