O'zbekiston chempionatining bronza medali sovrindorlari yig'indan o'rin olgan ilk nazorat o'yinini Albaniyaning "Kukesi" klubiga qarshi o'tkazib, Alisher Yusupov va Farrux Sayfievning gollari evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Ayni daqiqalarda jamoa bugungi mashg'ulotlarni o'tkazyapti. Jamoa a'zosi Erkin Boydullaev mashg'ulot boshlanishi oldidan "SA"ga qisqacha intervyu berdi.
"Maydonning har bir qarichi uchun kurash kechdi. Albaniya vice-chempionlari tarkibida jismonan baquvvat, bo'ydor futbolchilar ko'pchilikni tashkil etar ekan. Shunday bo'lsada, to'pni nazorat qilish va tezkor hujumlar evaziga kuchli raqibni mag'lubiyatga uchrata oldik.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf"ning Antaliya yig'ini doirasidagi keyingi raqibi Qozog'istonning "Shaxtyor" jamoasi bo'ladi. O'yin 15 yanvar kuni o'tkaziladi. Takidlash joiz, konchilarga "Nasaf" va "Mashal" jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Viktor Kumikov ustozlik qilyapti.