Eriksen "Tottenxem"dan katta maosh talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
25 avg 2018, 16:40
"Tottenxem" va daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen yangi shartnoma borasida kelisha olmasliklari mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub va 26 yoshli futbolchi o'rtasidagi muzokaralar 6 oydan beri davom etmoqda, ammo tomonlar kelisha olishmayapti. Eriksen klub rahbariyatidan hujumchi Garri Keynnikidek maosh talab qilmoqda. Eriksen va "Tottenxem" o'rtasidagi kelishuv yana 2 mavsum davom etadi.

Eslatib o'tamiz, Keyn klub bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgan. Unga ko'ra hujumchining haftalik maoshi 330 ming evro bo'ladi. Eriksenning hozirgi maoshi 111 ming evro.

Oldinroq, daniyalik xizmatlariga PSJ va "Real" qiziqish bildirayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail