Erik Toxir: "Inter" Manchinini uzoq muddatga saqlab qolmoqchi"

Aslanov Jasurbek
5 noya 2015
"Inter" prezidenti Erik Toxirning takidlashicha, jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchini klubda uzoq muddat qoladi

"Roberto yaxshi natijalarga erishdi, shu sababli unga ishonch bildirdik. U yetakchi bo'lishni biladi, kerakli fel va bilimga ega. Avvaliga hammasi oson emas edi, ammo hozir natijadan mamnunmiz. "Chelsi" unga qiziqyapti? Manchinining o'zidan so'rash kerak. U biz bilan 10-15 yil davomida birga bo'lishini bilmayman, lekin 2-3 yillik shartnomamiz bor. U loyihaning o'rtasida kyetib qoladiganlardan emas. Joze Mourinyoning qaytishi borasidagi mish-mishlarga keladigan bo'lsak, u yaxshi murabbiy, ammo u haqida hech qachon gapirmaganmiz. Biz Manchiniga to'liq ishonamiz va u biz bilan uzoq yillar davomida birga bo'lishiga umid qilamiz" - deydi Toxir.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport