Erik ten Xag Ronalduni ilk o'yinda maydonga tushirish haqidagi savolga javob berdi

Оқил Абдубарноев
5 avg 2022, 19:25
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Premer-liganing 1-tur o'yini oldidan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Krishtianu biz bilan birga ekanligidan xursandman. "Manchester Yunayted"da yuqori saviyali hujumchi bor.

- Ronaldu yakshanba kungi o'yinda maydonga tushadimi?

"Buni yakshanba kuni ko'rasiz", - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.

Bundan tashqari, ten Xag Antoni Marsyal jarohati tufayli "Brayton"ga qarshi bo'lajak o'yinni o'tkazib yuborishini tasdiqladi.

APLning 1-turi doirasida "Manchester Yunayted" 7 avgust, yakshanba kuni o'z maydonida "Brayton"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Manchester Evening News