Erik ten Xag mashg'ulotga kechikkan futbolchini jamoadan chetlatdi

Оқил Абдубарноев
25 iyul 2022, 20:12
Niderlandiyalik murabbiy yangi jamoasida qattiqqo'llik bilan ish boshladi.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag klubda faoliyat boshlagach, bir qatorda qoidalarni ilgari surdi. Jumladan, spirtli ichimliklar ichish, shaxsiy oshpazlarni jalb qilish, bazi mahsulotlarni istemol qilish taqiqlangan. Shuningdek, 52 yoshli mutaxassis o'yinchilar mashg'ulotga kechikkan taqdirda, jamoadan chetlatilishi haqida ogohlantirgan. Ma'lum qilinishicha, ushbu qoidalarni buzgan o'yinchilarga chora ko'rigan, yani ism-familiyasi oshkor qilinmagan futbolchi ikki marta jamoa mashg'ulotlariga kechikkani uchun uni chetlatgan.

Murabbiy ushbu qarorlari orqali tartibni saqlashga urinayotgan bo'lsa-da, bazi kishilarning tanqidiga sabab bo'lmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic